19 jan 09:27
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" va "Arsenal" 80 million evrolik futbolchi uchun kurashmoqda
"Arsenal" va "CHelsi" "Sporting"ning ivuarlik himoyachisi Usmon Diomande bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
O'yinchining "Sporting" bilan kelishuvida 80 mln evrolik xarid qilish huquqi yozilgan band bor. Xohlovchi klub futbolchini ushbu narxga olishi mumkin. Lissabonliklar afrikalikni 50-60 mln evroga sotishga tayyor.
Diomande uchun shuningdek "Bavariya" davogarlik qilmoqda. Himoyachining o'zi APLga yo'l olishni afzal ko'radi. Usmon joriy mavsum 25ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Manba : CaughtOffside
Fikrlar