06 fev 17:28
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" Xulian Alvares uchun kurashga qo'shildi
"CHelsi" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "Sport Witness" xabar bermoqda.
Biroq argentinalik futbolchiga davogarlar faqat "CHelsi" emas. Uni qo'lga kiritishga "Arsenal", PSJ va "Barselona" ham qiziqmoqda.
Barcha klublar mavsum yakunlanganidan so'ng Xulian bilan bitim imzolash variantni ko'rib chiqmoqda. Futbolchining o'zi esa "Barselona"ga o'tishni afzal ko'radi, ammo kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan bu transferni ko'tara oladimi-yo'qmi, hozircha nomalum.
Yaqinda futbolchining agenti Angliyada bo'ldi. OAV taxminiga ko'ra, u London klublari vakillari bilan muzokaralar o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar