21 iyu 20:59
Yangiliklar

CHempion Navarrete Mexikodagi jangda ringga chiqdi
Kechaning markaziy jangi birinchi yarim engil vazn toifasida o'tkazilib, unda 25 yoshli jahon chempioni Emmanuel Navarrete unchalik ham taniqli bo'lmagan Uriel Lopesga qarshi ringga ko'tarildi. Bu chempionlik maqomidagi jang emas edi.
Jangning oltinchi raundida Navarrete raqibini ikkinchi bor nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Birinchi nokdaun beshinchi raundda qayd etilgandi. Ikkinchi nokdaundan keyin referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
CompuBox bergan malumotga ko'ra, Navarrete jang davomida raqibiga 571 ta zarba yo'lladi. Zarbalardan 190 tasi aniq chiqqan. Lopes esa 252 zarbadan bor yo'g'i 49 tasini chempionga tekkiza olgan.
Aslida Navarrete Murodjon Ahmadaliev bilan bir vazn toifasida jang o'tkazardi va WBO yo'nalishi chempioni hisoblanardi. Endi u vaznini bittaga ko'tardi va yangi vaznda debyut jangini o'tkazdi. 55,3 kg vazndagi kamar esa vakant qoldi.
Fikrlar