25 iyu 10:33
Yangiliklar

CHempion Usman Byornsga qarshi tayyorgarlik rejasini o'zgartirdi
Usman 11 iyul kuni Gilbert Byornsga qarshi kechadigan chempionlik himoya jangiga tayyorgarlik ko'ryapti. Kamaru mashg'ulot lageri bilan birga murabbiylarni ham o'zgartirdi. Bunga etarlicha sabab va asoslar bor, albatta.
Etiborga molik jihati shundaki, Usman va Byorns deyarli butun faoliyatilari davomida murabbiy Genri Xuftning Sanford MMA zalida shug'ullanib kelishgan. Xuftning o'zi avvalroq Usman - Byorns jangida hech bir shogirdining burchagida bo'lmasligini, lekin ular bemalol zalda mashg'ulot o'tkazishlari mumkinligini malum qilgandi.
Kechadan boshlab Kamaruning mashg'ulot lageri Denverga ko'chdi. U erda chempion Trevor Vittman qo'l ostida mashg'ulotni davom ettiradi. Trevor Jastin Getji, Rouz Namayunas singari mashhur UFC jangchilariga ustozlik qilgani bilan nom qozongan.
Fikrlar