02 iyu 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Volkanovski Konor bilan jang uchun vaznini o'zgartiradi
Yarim engil vaznda UFC chempioni Aleks Volkanovski ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi.
"Kim ham bunday jangni xohlamasdi? Makgregor bilan jang uchun taklifni qabul qilmaslik shunchaki ahmoqlik bo'ladi. Uning ism-sharifi barcha davrlar yarim engil vazn toifasi reytingida bir umrga muhrlanadi. SHaxsan men uchun Konorga qarshi jangda pul birinchi o'rinda bo'lmaydi.
Men Konor Makgregor bilan jang uchun vaznimni o'zgartirishga tayyorman. Hozircha hech kim "jangchilar oroli"da oktagonga chiqishga rozilik bermadi. Men orolda jang qilishga roziman. Raqibim Konor bo'lsa undan ham yaxshi. Balki, Dena Uayt bu jang haqida o'ylab ko'rar", — deya Aleksander Volkanovskining so'zlarini keltirmoqda The Sun.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar