04 apr 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempionlik kamariga davogar koronavirus sabab otasidan keyin buvisini ham yo'qotdi
Yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamariga davogar Entoni Yard oilasida katta judolik bo'ldi.
Koronavirus sabab yaqinda otasini yo'qotgan Yardning kecha buvisi ham vafot etdi. Britaniyalik jangchining buvisi ham koronavirus kasalligini yuqtirib olgan edi.
"Koroanavirus degan balo bir necha kun oralig'ida ham otam, ham uning onasini oramizdan olib ketdi. Hammasi juda jiddiy. Odamlar haligacha qo'rqmasdan ko'chaga chiqishyapti. Ey insoniyat, koronavirus bilan hazillashma, hayotingni muqarrar xavf ostiga qo'yma", - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Yard.
Malumot uchun, Entoni Yard o'tgan yilning avgust oyida rossiyalik Sergey Kovalyovga chempionlik jangida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar