So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

23 iyu 14:33
Yangiliklar

Stol tennisi

CHengdu 2022 Jahon chempionati finaliga 100 kun qoldi: ITTF saralangan jamoalar ro'yxatini elon qildi

Teglar :  Stol tennisi
Dunyoning eng kuchli jamoalari 2022 yilning 30 sentyabrdan 9 oktyabriga qadar Xitoy Xalq Respublikasining CHengdu shahrida bo'lib o'tadigan turnirga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'tgan yili qurilgan zamonaviy, keng qamrovli, ko'p funkciyali, yuqori darajadagi va keng ko'lamli gimnaziya — Yangi CHengdu yuqori texnologiyali sport markazi musobaqalarga tayyor.

Musobaqaga roppa-rosa 100 kun qolganida, CHengdu shahrida bo'lib o'tadigan 2022 yilgi ITTF stol tennisi bo'yicha jahon jamoalar chempionati finali uchun arizalar ro'yxati elon qilindi.

ITTF prezidenti Petra Sörling: «Stol tennisi bo'yicha 2022 yilgi jahon jamoalar chempionati final bosqichiga atigi 100 kun qolganda barchaning etibori CHengduda va biz nafas oluvchi musobaqa guvohi bo'lishni kuta olmaymiz. Tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish arafasida ekanmiz, bayram tadbirimizni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun barcha zarur choralarni ko'rgan mezbonlarimizga minnatdorchilik bildiraman».

ITTF, Xitoy stol tennisi associaciyasi va CHengdu shahri hokimiyati sportchilarga eng yaxshi va xavfsiz sharoitlarda musobaqalashish imkoniyatini berish uchun astoydil harakat qilmoqda. 2022 yilgi stol tennisi bo'yicha jahon jamoalari chempionati finaliga tayyorgarlik qo'mitasi barcha ishtirokchilarning muammosiz etib kelishi, xavfsiz ishtirok etishi va xavfsiz qaytishini taminlash uchun keng qamrovli COVID-19 qarshi choralar ustida ishladi.

Quvonarlisi O'zbekiston terma jamoasi har ikki yo'nalishda, yani erkaklar va ayollar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Bo'lajak turnirda terma jamoamiz azolariga omad tilab qolamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing