16 sen 07:23
Yangiliklar
CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi karatechilari JCHda 9 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO
Xususan, poytaxtimizda o'tkazilgan shotokan karate WKF bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ushbu markazning karate bo'yicha trenerlari Jamshid Qodirov, Abdulla Abduqayumov hamda Jahonshox Ibrohimovlarning to'qqiz nafar shogirdi 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Jahon chempionati g'olib va sovrindorlari:
Kumite bahslari
Oltin medal: 52. kg. Sarvinoz Lapasova (12-13 yosh), 54 kg. Muxsina Mahkamova (14-15 yosh), +59 kg. Zilola Jo'raeva (16-17 yosh).
Bronza medal: 61 kg. Ozod Ubaydullaev (16-17), 70 kg. Firdavs Mardonov (14-15 yosh).
Kata bahslari
Oltin medal: Abdurasul Sulaymonov (16-17 yosh), SHabnam Yuldosheva (14-15 yosh), Ramziddin Abduxalikov (14-15).
Kumush medal: Sulton Sultonov (12-13 yosh).
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar