28 apr 16:40
Yangiliklar
Cicipas "Masters" ikkinchi davrasida 118-raketkaga yutqazib qo'ydi
Jumladan, dunyoning ettinchi raketkasi Stefanos Cicipas ikkinchi davradayoq o'z yurishini to'xtatdi. Greciyalik tennischi kutilmaganda ATP reytingida 118-pog'onada borayotgan braziliyalik Tyago Monteyroga ikki setda ham bir xil hisobda yutqazib qo'ydi - 4/6, 4/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Monteyro 2 ta breyk evaziga nomdor raqibini mag'lub eta oldi. Tyago faoliyatida to'rtinchi bor Top-10`dan o'rin olgan tennischini engdi.
Takidlash joiz, u shu yil Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan turnirda ispaniyalik Karlos Alkarazdan ham ustun kelgandi. Endi u Mutua Madrid Open turnirining uchinchi bosqichida chexiyalik Irji Lexechkaga qarshi kortga chiqadi. Lexechka o'z o'rnida serbiyalik Xamad Mejedovichni 7/5, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar