30 okt 15:08
Yangiliklar
Tennis
Cicipasning Venadagi kutilmagan mag'lubiyati
Avstriya poytaxti Vena shahrida tennis bo'yicha ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Kutilmaganda sayyoramizning beshinchi raketkasi, greciyalik Stefanos Cicipas musobaqaning ikkinchi davrasida reytingning 20-pog'onasidan joy olib turgan bolgariyalik Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 7/6(5), 4/6, 3/6.
Ikki soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda 22 yoshli Stefanos 15 ta, 29 yashar Grigor esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Endi bolqonlik tennischi Erste Bank Open turnirining chorak finalida britaniyalik Deniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Evans o'z o'rnida avstriyalik Yuriy Rodionovni 7/5, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar