29 mar 13:00
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP). Novak Jokovich finalda, u 100-sovriniga yaqin!
AQSHning Mayami shahrida "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich ortiqcha qiyinchiliksiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Serbiyalik tajribali tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 15-pog'onadan joy olgan bolgariyalik Grigor Dimitrovni 6/2, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob o'ta yiriklashib ketdi - 13:1. Etmish bir daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 5, Dimitrov 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 3 ga 1 ko'rinishda Grigor, breyklar esa 4 ga 1 nisbatida Novak foydasiga hal bo'ldi.
SHu tariqa, Novak Jokovich faoliyatidagi 100-sovrini uchun kortga chiqadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar