05 jan 13:57
Yangiliklar
Tennis
Dimitrov Brisbane International chempionlik unvonini himoya qila olmadi
Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkazilayotgan ATP turnirida finalga chiqqan tennischilar malum bo'ldi.
Musobaqaning amaldagi chempioni bo'lib kelgan Grigor Dimitrov 1/2 final uchrashuvini oxiriga etkaza olmadi. Bolgariyalik tajribali tennischi reytingning 28-pog'onasida borayotgan chexiyalik Irji Lexechkaga yutqazib qo'ydi. Anqirog'i, dunyoning 10-raketkasi 4/6, 4/4 hisobi bo'lib turgan bir paytda jarohat sabab o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida Irji oldinda bormoqda - 3:1. Mag'lubiyatga qaramay, Grigor ertaga elon qilinadigan yangi reytingda Top-10`dagi o'rnini saqlab qoladi. Lexechka Brisbane International bosh sovrini uchun amerikalik Reylli Opelkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar