20 okt 17:16
Yangiliklar
Futbol

Dahshat! Holand mavsum boshidan beri APLdagi 11 ta jamoadan ko'proq gol urdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasining 8-turida "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) 2 ta gol urdi. Ushbu o'yindan so'ng norvegiyalik o'zining ajoyib ko'rsatkichini nishonladi.
25 yoshli forvard mavsum boshidan buyon APLDa 11 ta gol urdi. U Premer-ligadagi 11 ta jamoadan ko'ra ko'proq to'p kiritgan.
SHunday qilib, Holand "Sanderlend" (9 ta gol), "Everton" (9), "Brentford" (9), "Byornli" (9), "Fulxem" (8), "Aston Villa" (8), "Nyukasl" (7), "Lids" (7), "Vest Xem" (6), "Nottingem Forest" (5) va "Vulverxempton" (5) jamoalaridan ko'proq gol urgan.
"Manchester Siti" APLdagi eng sermahsul jamoa bo'lib turibdi, "shaharliklar" 8 o'yinda 17 ta gol urgan. Keyingi o'rinlarda "CHelsi" (16) va "Arsenal" (15) bor.
Havola :
Manba : WhoScored
Fikrlar