16 apr 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "UFC 249 turniri uchun ko'p pul ketadi"
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, UFC 249 turniri promoushen uchun moliyaviy tomonlama qimmatga tushadi.
"Eshitib oling, men to'xtamayapman. Ushbu turnirni haqiqatdan ham tashkil qilsa bo'ladi. SHunchaki, bu qimmat bo'ladi.
Ammo, men buni amalga oshirish uchun pul ishlatishga tayyorman. Xodimlar va sportchilar oldida masuliyatni sezib turibman. Men xech kimni ishdan bo'shatmoqchi emasman. Sportchilar ham yil davomida pul ishlay olmasdan o'tirishlarini xohlamayman", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC 249 turniri 9 may kuniga rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar