20 avg 07:31
Yangiliklar
Dana Uayt Xamzat CHimaevning jang belgilash haqidagi iltimosiga izoh berdi
"Men buni ko'rmadim. Ha, albatta, janglar haqida gap ketganda, uning nomzodi doimo muhokama qilinadi. Xuddi butun ro'yxatdagi (jangchilar) kabi. Ideal dunyoda har bir jangchi yiliga uchta jang o'tkazishi kerak", — dedi Uayt Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
Malumot uchun, may oyida Xamzat CHimaev o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini boy berdi. U hakamlarning ayri qarori bilan SHon Striklendga imkoniyatni boy bergach, oktyabr oyida Abu-Dabida bo'lib o'tadigan turnirda amerikalik raqibidan revansh olishni istashini malum qilgan edi.
Striklend jarohatidan tiklanayotganini va 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining asosiy janglari sifatida engil va yarim engil vazn toifalaridagi chempionlik bahslari allaqachon elon qilinganini hisobga olsak, tadbir kardiga yana bir chempionlik jangi qo'shilishi dargumon ko'rinadi.

Fikrlar