08 iyu 10:36
Yangiliklar

Daniel Korme: Xabib bu yil jang qila olmasa kerak
Korme engil vaznda UFC chempionining bugungi qiyin vaziyatdan chiqib ketishini oson kechmasligi, otasining o'limi yaqin rejalariga jiddiy tasir o'tkazishini urg'uladi.
"Abdulmanap Nurmagomedovning vafoti juda ham qayg'uli bo'ldi. Men Xabib bilan 1 iyul (katta Nurmagomedov 3 iyulda vafot etgandi) kuni gaplashgandim. Suhbatimiz ko'p mavzularni qamrab olgandi. Otasi og'ir ahvolda yotganda o'zini mashg'ulot bilan chalg'itishga urindi.
U yana mashg'ulot lageriga qaytishi mumkin, lekin yaqin orada jang o'tkaza olmasa kerak. Ochig'i, u bilan endi nima bo'ladi, buni bilmayman. Otasi uning faoliyatida katta rol o'ynardi. Kecha unga qo'ng'iroq qilib, kayfiyatini ko'tarishga harakat qildim. Lekin o'zidan o'tayotganini faqat uning o'zi biladi. Bu rostan ham juda katta yo'qotish", - dedi Korme.
Fikrlar