21 jan 12:43
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Australian Open to'rtinchi davrasida
Dunyoning uchinchi raketkasi hisoblangan Daniil Medvedev Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik tennischi uchinchi bosqichda ATP reytingida 30-pog'onada borayotgan kanadalik Feliks Ojeni 6/3, 6/4, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yirik ko'rinishga keldi - 7:0!
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan uchrashuvda ikkala tennischi ham 8 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Medvedev faoliyatida 14-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi haftasiga o'tdi. Uning keyingi raqibi portugaliyalik Nunu Borgesh bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar