15 avg 16:18
Yangiliklar
Daniil Medvedev boshqarayotgan ATR reytingida tennischilarimiz yuqorilashdi
Unga ko'ra, reytingning Top-10 ligida bir nechta o'zgarish ro'y berdi. Monrealdagi nufuzli “Masters“ turnirining yarim finalchisi Kasper Ruud Top-5 ga qaytdi, Stefanos Cicipas esa beshinchi o'rindan ettinchi o'ringa tushib ketdi.
Monreal "Masters" turniri chempioni Pablo Karreno-Busta to'qqiz pog'ona yuqorilab, Top-15'ga kirib oldi. Reytingni rossiyalik Daniil Medvedev boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin o'tgan haftadagi o'rnidan 3, Denis Istomin 1, Sanjar Fayziev 7, Maksim SHin esa 58 pog'ona yuqoriladi. Tennischilarimizdan faqatgina Humoyun Sultonov 2 o'rin pastladi.
ATP reytingi. 15 avgust holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Daniil Medvedev (Rossiya) - 6885 ochko
2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6760
3. (3) Rafael Nadal (Ispaniya) - 5620
4. (4) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 5045
5. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4865
6. (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 4770
7. (5) Stefanos Cicipas (Greciya) - 4650
8. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3630
9. (9) Feliks Oje (Kanada) - 3625
10. (10) Xubert Gurkach (Polsha) - 3435
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
354 (357). Sergey Fomin - 125
427 (425). Humoyun Sultonov - 94
428 (427). Denis Istomin - 93
878 (785). Sanjar Fayziev - 14
1100 (1158). Maksim SHin - 6
Fikrlar