23 avg 12:06
Yangiliklar
ATR 2024 yildan etiboran tennischilarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash dasturini ishga tushiradi
Bu ko'proq tennischilarning munosib tennis darajasiga ega bo'lishini taminlashga qaratilgan.
Dasturning asosiy maqsadi:
1. Kafolatlangan daromad. ATR Top-250 o'yinchiga, agar ular bir mavsumda malum miqdorda mukofot pulini qo'lga kiritmasa, pul to'laydi. Eng yaxshi 100 nafar o'yinchi 300 000 dollar, 101-175-o'rindagi o'yinchilar 150 000 AQSH dollari va 176-250-pog'onadagi o'yinchilar 75 000 dollar miqdoridagi mablag'ga ega bo'ladi.
2. Jarohatlanishdan himoya qilish. Bu jarohat tufayli bir mavsumda to'qqizdan kam ATR tasnifidagi yoki "CHellenjer" turnirlarida o'ynagan tennischilar uchun to'lovlardir. Top-100 o'yinchilarga 200 ming dollar, 101-175-o'rindagi tennischilar 100 ming dollar, 176-250-o'rindagi o'yinchilar esa 50 ming dollar miqdorida mablag' olishadi.
3. Yangi o'yinchilarga sarmoya kiritish. Top-125da debyut qilgan tennischilar debyutidan keyin keyingi mavsum uchun 200 000 dollargacha pul olishlari mumkin bo'ladi.
Yiliga 30-45 nafar tennischi moliyaviy yordam olishi kutilmoqda. Dasturning sinov muddati - keyingi uch mavsum. Keyinchalik uning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.
Fikrlar