29 fev 11:13
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Dubay turnirida qiyin g'alabaga erishdi
BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turnirida chorak finalchilar aniqlanmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning ikkinchi davrasida qiyin g'alabaga erishdi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 48-pog'onadan joy olgan italiyalik Lorenco Sonegoni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/3, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko'rinishiga keldi. Ikki soatu bir daqiqa davom etgan bahsda Sonego 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Medvedev bironta ham eys zarbani ijro eta olmadi. Daniil faoliyatida ilk bor ATP turnirlarida eysni amalga oshira bilmadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar