01 mar 07:54
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Dubayda 1/2 finalga chiqdi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev Dubayda davom etayotgan ATP turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik tennischi chorak finalda ATP reytingida 24-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchatdi - 6/2, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi mutlaq ustunlik Medvedev tomonda - 4:0.
Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 3 ta eys, 4 ta qo'shxato va 4 ta breykka erishdi. Daniil xard qoplamali kortlardagi turnirda 47-marotaba yarim finalda o'ynaydi. Uning final ostonasidagi raqibi franciyalik Ugo Umber bilan bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar