30 avg 13:58
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev US Open uchinchi bosqichiga yo'l oldi
Dunyoning beshinchi raketkasi Daniil Medvedev AQSH Ochiq chempionatining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik tennischi ikkinchi davra bahsida ATP reytingida 51-o'rinni egallab turgan vengriyalik Fabian Marojanni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2, 7/6(5). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu etti daqiqa davom etgan uchrashuvda Medvedev 8, Marojan 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Daniilda uch barobar ko'p bo'ldi - 10 ga 3! Breyklar bo'yicha ham ustunlik rus tennischi foydasiga - 8 ga 4. Endi u 1/16 finalda Flavio Kobolliga qarshi kortga chiqadi. Italiyalik tennischi o'z o'rnida belgiyalik Zizu Bergsni 4/6, 6/3, 7/5, 6/3 hisoblarida engdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar