16 iyu 12:43
Yangiliklar
Tennis
Darya Kasatkina derbida g'alaba qozondi
Germaniyaning Berlin shahrida o'tkazilayotgan nufuzli tennis turnirida 1/4 finalning yana bir ishtirokchisi malum bo'ldi.
Dunyoning 12-raketkasi, rossiyalik Darya Kasatkina ikkinchi davrada WTA reytingida 27-pog'onani band etib turgan hamyurti Ekaterina Aleksandrovani 5/7, 6/1, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Darya 4 ta eys, 9 ta breykni amalga oshirib, 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu borada 27 yoshli Ekaterinaning ko'rsatkichlari 4 ta eys, 7 ta qo'shxato va 7 ta breykdan iborat bo'ldi. Endi Kasatkina chorak finalda greciyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar