22 sen 10:13
Yangiliklar
Tennis
Darya Kasatkina Seul turniri bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Koreya Respublikasining Seul shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning 13-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Darya Kasatkina 1/2 finalda WTA reytingining 16-pog'oasida borayotgan vatandoshi Diana SHnayderni 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda Kasatkina eys zarbasini amalga oshira olmadi, lekin 7 ta breykdan unumli foydalandi. Kasatkina bu yilgi mavsumda beshinchi maroataba finalda o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar