So’nggi yangiliklar

18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0 12:11Махачев Усман ва Мераб можароси ҳақида: "Бизнинг йигитлар нотўғри иш қилди, деб ҳисобламайман" 0 11:40Тошкент Жаҳон чемпионатини юқори савияда ўтказди 0

29 mar 15:39
Yangiliklar

Tennis

Darya Kasatkina sport fuqaroligini o'zgartirdi

Dunyoning 12-raketkasi musobaqalarda endi boshqa davlat sharafini himoya qiladi.

Kasatkina sport furqaroligini o'zgartirgani va bundan buyon musobaqalarda Avstraliya nomidan ishtirok etishini malum qildi.

"Avstraliya hukumati tomonidan murojaatim ijobiy qabul qilinganidan xursand ekanimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman. Avstraliya - bu men yashashni orzu qilgan mamlakat! U erda o'zimni o'z uyimdagidek his qilaman. Menga Melburn yoqadi va bu shaharda o'z uyimga ega bo'lishimni sabrsizlik bilan kutyapman. Bugundan boshlab, o'zimning yangi Vatanim - Avstraliya sharafini himoya qilaman. Albatta, bu qarorga kelish men uchun oson bo'lgani yo'q. SHu kungacha meni qo'llab-quvvatlab kelgan oila azolarim, murabbiylarimga minnatdorlik bildiraman. Men hamisha qaerda tug'ilganim va ona vatanimga hurmatni qalbimda saqlab qolaman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Kasatkina.

Malumot uchun, Darya Kasatkina 1997 yil 7 may kuni Rossiyaning Tolyatti shahrida tug'ilgan. Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi. Professional tennischilik faoliyati davomida shu kungacha 8 ta yakkalik WTA turnirlari bosh sovrinini qo'lga kiritgan. 2021 yil Rossiya terma jamoasi tarkibida Billi Jin King Kubogi sohibiga aylangan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing