07 iyu 08:34
Yangiliklar

Dastin Pore: Xabib bilan jangda qasosni birinchi o'ringa qo'ymayman
"Xabibni mag'lub etgan ilk jangchiga aylanmoqchiman. Hatto, o'rtada chempionlik kamari bo'lmasa-da, men bu ishni amalga oshirishni niyat qilganman. Hozirgacha hech kim chiqa olmagan cho'qqini zabt etmoqchiman. Avlodim puldan qiyinchilikka duch kelmasligi uchun ham bu vazifani uddalashim kerak. Bu tarixiy voqea bo'lardi.
Men bu jangda revansh yoki qasosni birinchi o'ringa qo'ymayman. Oilam bor va men har bir ishga biznes sifatida qarayman. Yosh paytimda shunday tushunchalar bor edi. O'shanda meni mag'lub etgan Konor Makgregordan qasos olish istagida yonardim. Lekin o'sha mag'lubiyatlar ham mening foydamga bo'lgan ekan. Mag'lubiyatlardan to'g'ri xulosa chiqardim va ular meni yanada kuchli qildi", — dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili BAAda o'tgan jangda Xabib Nurmagomedov Dastin Poreni mag'lubiyatga uchratgan edi. Pore bu intervyusida Xabib bilan takroriy jang bo'lishiga umid qilmoqda. Lekin undan avval bu ishni Jastin Getji ham amalga oshirib qo'yishi mumkin.
Fikrlar