So’nggi yangiliklar

14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 13:05Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 12:44Мераб Двалишвили Петр Янни октагонга чорлади 0 12:23Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи кун финал баҳсларида ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:02Мағлубиятли ўйинда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:41Prezident Kubogi. Нодирбек Абдусатторов дербида ғалаба қозонди. Жавоҳир Синдаровда ҳам 100 фоизлик натижа! 0 11:20Ниҳоят, Ҳумоюн Султонов Калабураги турнири чемпиони! 0 10:59Литва спорт мутахассисларидан иборат делегация пойтахтимизга ташриф буюрди 0 10:38Суперлига. Бугун "Сўғдиёна" 3-ўринга кўтарилиб олиши мумкин 0 10:17Мераб Двалишвили Петр Яннинг кечаги ғалабаси ва "вызов"ига "ответ" қилди 0 09:56Сувга сакраш бўйича илк Олимпия ўйинлари иштирокчимиз Ўзбекистон кубоги ғолиби 0

17 noy 16:15
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

Davron Fayziev: “Real” Madrid?! Hech bir jamoaga muxlis emasman”

“Muxlis minbari” ruknimizda rang-baranglik davom etadi.

SHu kungacha ushbu sahifamizda ikki nafar hamkasbimiz – Nodirxo'ja Yo'ldoshev va Diyor Imomxo'jaev muxlislar yo'llagan savollarga javob qaytarishgan edi.

Bu gal yana bir mahoratli jurnalist, ajoyib sharhlovchi, hozirda “UZREPORT” kanalida faoliyat olib borayotgan Davron Fayziev muxlis minbariga tashrif buyurdi. Quyida ushbu savol-javoblarni etiboringizga xavola etamiz.


Muhammadkarim To'ychiev – talaba

– Davron aka, negadir oxirgi vaqtlar “UZREPORT” telekanalida futbollar ruscha sharhlanyapti, buning sababi nimada?

– Bizda futbol parallel ravishda ikkita – o'zbek va rus tillarida translyaciya qilinadi. Sizda tanlash imkoniyati bor. Agar sizda ruschasi ko'rsatayotgan bo'lsa, demak, televizoringiz qurilmasi shunga moslashtirilgan. Televizoringizdagi maxsus bo'lim orqali namoyish qaysi tilda bo'lishini o'zingiz nazorat qilishni bilib olsangiz, keyinchalik bu muammo yuzaga kelmaydi. Barcha TV modellari o'z menyusiga ega. Sizda aynan qaysi model ekanligini bilmaganim uchun aniq ayta olmayman. Bu borada birorta mutaxassisdan maslahat olishingiz mumkin.

SHahboz Otaboev – bank xodimi

– Nima uchun jurnalistikani tanlagansiz. Yoki siz ham professional futbolchi bo'lolmaganmisiz?

– Jurnalistika jiddiy kasb va uni o'zlashtirish uchun ancha ko'p o'qish va izlanish talab etiladi. SHunchaki futbolchi bo'la olmagan inson bu kasbni egallab ololadi, degan tushuncha to'g'ri emas. Lekin sportni bevosita ichidan tushunish – sport jurnalistikasi kasbiga kirib borish uchun talab etiladigan 7-8ta muhim talablardan biri, deyishim mumkin. Jurnalistik malumot, tahliliy yondoshuv, adabiy tilni va chet tillarini mukammal bilish, sport turini juda yaxshi tushunish, intellektual salohiyat, efirbop ovoz va nutq. Mana shular asosiy talablar. Yana qo'shimchalari bor. Ularga to'xtalib o'tirmayman. SHunday ekan, jurnalistikaga kirib kelishim yo'lida ancha qiyinchilikka duch kelganman. Bir necha yil shunchaki o'rganib yurganman. Keyinchalik o'zimga bo'lgan ishonch ortganidan keyin jiddiy qarorga kelganman. Tanlovim sportni juda yaxshi ko'rishim tufayli qatiy bo'lgan.


SHerzod Nurmuhammedov – talaba

– Ota-onangizdan biri jurnalist bo'lganmi? CHunki siz va jiyaningiz ham ushbu sohani tanlagansizlar?

– Yo'q. Ota-onam ham, ulardan avvalgi ajdodlarim ham boshqa soha vakillari bo'lishgan. Men va qarindoshim Dilbar televidenie sohasiga o'z xohish va qiziqishimiz sababli kirib kelganmiz.

Hayotbek Murodov – duradgor

– Ilk sharhingizni eslay olasizmi?

– SHu savoldan o'zi sal cho'chib turaman. CHunki ko'pchilik o'zining birinchi ijod mahsulini yaxshi eslab koladi. Men esa shunchalik jarayonga berilib ketgandimki, bunday lahzalarni umuman eslab qolmaganman. Birinchi sharh, ilk bor boshlovchi sifatida efir olib borishim, jonli efirda paydo bo'lishim... Xullas, men bularning sanasi va qaysi o'yinligini eslab qolmaganman. Bu odatim hozirgacha bor. Ko'pchilik hamkasblarim katta-katta efirlar, juda muhim ko'rsatuv yoki reportajlarni esdalik uchun saqlab kolishadi. Menda esa bunday arxiv yuk. Afsuslanaman bundan. Ammo hozirgacha shuni yo'lga ko'ymaganman. Balki barcha efirlarimga tanqidiy qaraganim va keyingi safar bundan ham yaxshiroq bo'ladi, deb o'ylaganim uchundir?! Savolingizga qisman bo'lsayam javob berishga harakat qilaman. 2001 yil edi. Birinchi sharhim Italiya “A” seriyasining qaysidir uchrashuvi bo'lgan.

SHavkat Ibodullaev – talaba

– Futboldan tashqari, boksga ham yaxshi tushunishingizni bilamiz. Aytingchi, yurtimiz va jahon miqiyosidagi bokschilar orasida qay birining jang olib borish uslubi yoqadi?

– Bokschilarimizning barchasiga birdek muxlislik qilaman. Masalan, hozir havaskorlarning superavlodi etishib chiqqan. Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan barcha bokschilarimizning jangini mazza qilib tomosha qildim. Ularning ishtirokidan ruhlanib, ko'rsatuv ham tayyorladim. Professionallarimizdan Sanjar Rahmonovga muxlislik qilyapman. Jahon boksida hozir yorqin yulduzlar kamaygan. Floyd Meyveyzer, Menni Pakyao, Xuan Manuel Markes, Sergey Kovalev. Hozir shularning jangini katta qiziqish bilan tomosha qilaman. Avvallari Arturo Gatti va Erik Morales yoqardi.


SHerzod Ortiqov – tadbirkor

– O'zbek sharhlovchilari tarixiga va hozirgi kuniga razm solganimizda ham birinchi raqamli sport jurnalisti – bu Axbor Imomxo'jaev ekaniga shubha qilmaymiz. Siz keyingi o'rinlarga kimni qo'ygan bo'lardingiz. Faqat aniq javobdan qochmasligingizni so'ragan bo'lardim?

– Oddiy muxlis sifatida qaraganimda, balki bu savoldan qochmagan bo'lardim. Lekin men xuddi hamkasblarim singari sharhlovchiman. Ularga baho berish odobdanmas. Buning ustiga ularning barchasi men uchun begona bo'lmagan insonlar, birini biridan ustun qo'yolmayman. Buning ustiga fikrim xolis bo'lmaydi. CHunki o'z yondoshuvim va uslubim bor, uni to'g'ri, deb bilaman. Ular esa, o'z yo'nalishiga ega. Tomoshabin baho bergani maqulroq.

Temur Malikov – talaba

– Meyveyzer va Pakyao jangidagi sharhingiz faoliyatingizdagi eng esda qolarlisi, deb hisoblaysizmi?

– Yo'q. O'shandan keyin boksda biroz to'xtalish bo'lgan. Balki shu uchun esda qolgandir. Ammo faoliyatim davomida bunday katta janglar ko'p bo'lgan. Xollifild – Rahmon, Lyuis – Rahmon, Tayson – Lyuis, Jons – Tarver, Jons – Ruiz, Morales – Barrera, De la Xoyya – Meyveyzer, Xatton – Meyveyzer, Kalzage – Xopkins, Gatti – Uord, Pakyao – Markes... Oh-hoo, agar eslasam, minglab janglar... Ochig'i, 15 yil ichida jahon boksida qanday muhim jang bo'lsa, uni efirga tayyorlab, o'zim ham ulkan darajada zavq olganman. Boksga mehrim juda baland.

Sarvar Madaminov – o'quvchi

– “Real”ga muxlislik qilishingiz rostmi, shunday bo'lsa, “Barselona”ni yomon ko'rasizmi?

– Yo'q, rost emas. Hech biriga muxlis emasman. Ikkisi ham yoqadi.


SHerzod Alibekov – energetik

– “El-Klasikoni” sharhlaganingizdan keyin, garchi xolis sharhlagan bo'lsangiz-da, birortasi noxolislikka yo'l qo'yding, deb aytganmi?

– Odatda, “El-Klasiko”dan keyin yutqazgan jamoa muxlislari tomonidan norozilik bildiriladi. Buni oddiy qabul qilaman va tushunaman. Madrid muxlislari ham shu qatorda meni “Barsa”ga muxlislikda ayblashadi. Ochig'i, ming xolis bo'lganingiz bilan baribir bu klublarning muxlislari shu qadar ko'p va ashaddiyki, ikkisini ham birdek ko'nglini olib bo'lmaydi. SHunchaki o'z ishini professional darajada bajarish kerak. Vaqt o'tib, tomoshabinlar tushunib etadi va balki xolis bo'linganini tan oladi.

Mutolbek Aldashev – tadbirkor

– Mish-mishlarga qaraganda, to'ylar va bazmlarda boshlovchilik qilayotgan ekansiz. SHu rostmi?

– Teleboshlovchilarining aksariyati uchun bu qo'shimcha faoliyat hisoblanadi. Men esa bu borada uzoq yillar davomida o'zimga taqiq qo'yib kelganman. Lekin malum bir davrda bu yo'nalishga ham qiziqib ko'rdim. Boshlovchi do'stim Akmal Mirzo buni maslahat berdi. O'zimni sinab ko'rdim. Bir necha marosimni olib bordim. Menda bir odat bor. Qaysidir ishda o'zimni yaxshi his qilmasam va ishimdan to'liq qoniqmasam, bu ishdan voz kechaman. Marosimlardagi boshlovchilik ham shunday bo'ldi. Qiziqish kuchli bo'lmadi. Hozir xuddi avval bo'lganidek, takliflar bo'lsayam rad etyapman. “CHumchuq so'ysa ham qassob so'ysin”. Bu yo'nalishning haqiqiy mahoratli ustalari bor.

Mansur Siddiqov – tibbiyot xodimi

– Ayting-chi, sizda tanlash imkoni bor. Gennadiy Golovkin – Menni Pakyao jangi va “El-Klasiko”... Qay birini sharhlagan bo'lardingiz?

– Qiziq savol bo'ldi-yu! Boksda odatda bunday janglar AQSHda o'tkaziladi. Ulardagi shanba oqshomi bizning vaqtda yakshanba tongiga to'g'ri keladi. “El-Klasiko” esa odatda oqshomda o'tkaziladi. SHu sababli, ikkisini xam sharhlashga ulguraman (kuladi).


Hotamjon Turdiboev – bojxona xodimi

– “Facesport” dasturida hakamlik qildingiz. Qatnashganlar orasida sizni ijobiy tomondan hayron qoldirganlari ham bo'ldimi?

– Albatta. Finalchilar va hatto avvalgi bosqichda chiqib ketganlarning ko'pchiligi kelajakda yaxshi sport mutaxassisi bo'la oladi. SHunchaki tanlovda yutib, professional bo'lib qolish qiyin. Yana ancha ish bor. Hozirda o'sha tanlovda qatnashgan Orif Tolipovni sinovdan o'tkazyapmiz. Ancha o'sishga erishdi.

“News Arena” savoli

– Etuk sharhlovchi bo'lib etishishingiz uchun baribir kimlarningdir uslublaridan o'zlashtirgan bo'lsangiz kerak. Axbor Imomxo'jaev, Xayrulla Hamidov, Mirzahakim To'xtamirzaev va boshqa tajribali sharhlovchilardan qanday jihatlarni o'zingizda mujassamlashtirishga harakat qilgansiz?

– Siz sanab o'tgan insonlarning faoliyatidan o'rnak oladigan ko'p jihatlarni o'zim uchun qayd etganman. Ayniqsa, Davlat Turdalievdan ko'p narsa o'rganganman. Bu mutaxassislarning har biriga cheksiz hurmatim bor. Uslub masalasida esa iloji boricha ularni takrorlamaslikka harakat qilganman. CHunki birorta sharhlovchi xuddi ikkinchisi kabi bo'la olmaydi. Umumiy qonun-qoidalar va ishga yondoshuvni o'rganish mumkin. Uslubni esa boshlanishidan inson o'zi shakllantirishi kerak.

Nodir Alimuhammedov – o'quvchi

– Kelajakda siz kabi sharxlovchi bo'lish istagim bor. SHogirdlik masalasiga qanday qaraysiz? Sizdan sharh sirlarini o'rgansam bo'ladimi?

– Ijobiy qarayman. Lekin siz bir narsani tushunib etishingiz kerak. SHarhlovchilik sportga yaqin soha bo'lgani uchun bu erda ham natijaga yillar davomida mehnat qilinadi. Ungacha esa intilish va sabr kerak. Aksariyat shogird bo'lib kelganlar sharoiti yoki boshqa sabablar tufayli yo'lning boshlang'ich bosqichida to'xtab qolishadi.

Muhammadali Turg'unov – talaba

– Playstationda mahoratingiz qay darajada? Bu o'yinlarning ham sharh uchun foydasi bormi?

– Avval ko'p o'ynab turardim. Unga mukkasidan berilib ketmasangiz juda foydali. Bo'sh vaqtda 1-2 soat o'ynash kifoya. SHarhlovchilikka ham foydasi bor. Ammo buning uchun u erdagi o'yin jarayoniga emas, balki malumotlar bazasi va taktik tayyorgarlikka ko'proq etibor qaratish zarur.


Dilmurod Erahmedov – avto sanoat xodimi

– SHarhlovchilikka kirib kelganingizda tanqid qilishganmi, bunday paytlarda bu kasbdan ko'nglingiz sovib ketgan vaqtlar bo'lganmi?

– Bo'lgan, albatta. Dastlabki yillari qattiq tanqid qilishardi. Yuqorida aytganimdek, birdan yaxshi sharhlovchi bo'lib qolishning umuman iloji yuq. Kasbdan sovib ketish darajasiga bormaganman lekin. CHunki o'zimga juda ishonardim. Ishonib qilayotgan ishimni to'g'ri ekanligini isbotlay olishim juda muhim.

Ahmadjon ESHMATOV suhbatlashdi.

“News Arena” gazetasining 28-sonidan (2016 yil) olindi


Reyting:    

Fikrlar

   
08 dek 09:28:10
Halimov Sherzod
Raxmat
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing