05 noy 11:22
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. Koko Goff ilk g'alabasiga erishdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tennis bo'yicha Yakuniy WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Koko Goff SHteffi Graf nomidagi guruhning ikkinchi uchrashuvida WTA reytingida sakkizinchi pog'onada borayotgan italiyalik Jasmin Paolinini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. Bu g'alaba evaziga u tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 4:3.
Sakson daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi eys zarbasini amalga oshira olmadi. Breyklar bo'yicha Goff ustunlikka erishdi - 4 ga 1. Koko bir g'alaba va mag'lubiyat bilan guruhda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi uchrashuvida ham yutqazgan Paolini pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar