So’nggi yangiliklar

12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0

04 noy 19:01
Yangiliklar

Boks/MMA

UFCda muammo: jangchilarga ommaviy ravishda jangni sotish taklif qilinmoqda

Teglar :  Dana Uayt
So'nggi paytlarda UFC ichida yana bir mojaro avj oldi - jang natijalarini soxtalashtirish ehtimoli bor holatlar ko'paymoqda.

Dunyodagi eng kuchli MMA ligasi jiddiy muammoga duch kelgan ko'rinadi, chunki ko'plab sportchilarga jangni atayin yutqazish bo'yicha pulli takliflar kelmoqda.

Bu haqda mashhur sport sharhlovchisi Ariel Xelvani o'z podkastida malum qildi. U bu fikrlarni o'tgan haftada bo'lib o'tgan Ayzek Dulgarian va Yadier Del Valle o'rtasidagi jang ortidan bildirdi.

"Men bir nechta odamlar bilan gaplashdim, ular menga xuddi shunday takliflar bo'lganini aytdi. Ulardan "jangni atayin yutqazib berishga tayyormisiz" deb so'rashgan. Bu UFC uchun katta muammo. Biz ilgari ham bir necha marta tushunarsiz tugagan janglarni ko'rganmiz — ularni boshqacha izohlab bo'lmaydi. 

Bu, odatda, ozgina gonorar oladigan jangchilar qatnashadigan janglarda bo'ladi, ularga esa katta miqdorda pul taklif etiladi. Ular uchun bu haqiqiy imkoniyat bo'lib ko'rinadi", – dedi Xelvani.

Uning so'zlariga ko'ra, ayrim holatlarda referi va hakamlar ham shubha ostida bo'lishi mumkin:

"Bu masala FBR tergovi uchun mavzudir. Menimcha, bu haqiqatan ham shunday, va bu mutlaqo aqlbovar qilmas holat", – deya qo'shimcha qildi u.

Bundan tashqari, sobiq UFC jangchisi Lendo Vannata unga jangni "sotish" bo'yicha etti marta murojaat bo'lganini aytdi. Vins Morales esa o'z navbatida unga taklif etilgan miqdorni ham oshkor qildi — 70 ming dollar.

Yana bir manba — muhbir Garri Makning malum qilishicha, bu yilning o'zida 100 dan ortiq UFC janglari FBR etiboriga tushgan, ularning ayrimlarida kelishilgan natija bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. SHuningdek, hukumat referi Jeyson Hercog ishtirok etgan janglarni qayta tekshirish niyatida ekani ham aytilgan, ammo bu malumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing