05 noy 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Dvalishvili nega Volkanovski bilan jang qilmasligini tushuntirdi
UFC’ning eng engil vazn toifasidagi chempioni Merab Dvalishvili yarim engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski bilan jang qilish g'oyasi haqida gapirdi.
"Hozir men o'z vazn toifamda o'zimni juda qulay his qilaman. Birinchidan, men Aleksandr Volkanovskini juda hurmat qilaman va unga havas qilaman. U yaxshi inson, alo jangchi va mehribon ota. SHuning uchun men unga hech qachon chaqiriq tashlay olmayman. Ikkinchidan, menda Pyotr Yan degan jiddiy raqib bor. SHu jangdan so'ng UFC men uchun munosib raqib topadi, deb ishonaman.
Men o'z vazn toifamga asosiy etiborimni qaratmoqchiman. Faqatgina UFC buni talab qilsa yoki mening divizionimda kuchli raqib qolmasa va hammasini engib bo'lsam, shundagina [yarim engil vaznga] ko'tarilishni o'ylab ko'raman. Ammo hozircha Aleksandr Volkanovski bilan jang qilmoqchi emasman", — dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar