10 may 13:31
Yangiliklar

DAZN Kanelo - Jeykobs jangidan 50 mln dollar foyda qildi
Xabaringiz bor, yakshanba tongida meksikalik bokschi endilikda sobiq IBF chempioni amerikalik Deniel Jeykobsga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilgan va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, ushbu jangni translyaciya huquqiga ega DAZN orqali mazkur tizimga azo 1,2 mln kishi tomosha qilgan. SHularning 700 000 nafari jonli efirda jangni ko'rgan.
Los Angeles Times nashri bergan xabarga tayanadigan bo'lsak, DAZN jang translyaciyasidan 50 million dollar daromad olgan. Forbes jurnali taxminiga ko'ra, DAZN platformasiga AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, SHveycariya, Italiya, Ispaniya va Yaponiyada 4 milliondan ziyod kishi obuna bo'lgan.
Fikrlar