04 sen 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18534_220.jpg)
De La Xoyya: “Kanelo - Golovkin jangi 5-8 raund davom etsa kerak”
Mashhur promouter Oskar De La Xoyya 16 sentyabr kuniga belgilangan superjang xususidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Aynan shu kuni o'rta vazn toifasining WBA, IBF va WBC yo'nalishlarida jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.
“Golovkin hamisha
oldinga intilib kelgan va doimiy ravishda kuchli zarbalarni raqib tomon yog'dirgan.
U raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etishni xush ko'radi. Uning rekardlari fikrimni
tasdiqlaydi. Menimcha, jang 5-8 raund oralig'ida to'xtatiladi. Kim g'olib chiqishini
esa bilmayman”, - dedi De La Xoyya.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar