05 iyu 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA

De La Xoyya qachon ringga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
Boks bo'yicha olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya yaqin orada sparringlarni ham boshlashi haqida gapirdi.
U bir necha ko'rgazmali janglarda ishtirok etish uchun ringga qaytishni istamoqda.
"Men kambek haqida har kuni o'ylayman. Men shug'ullanyapman va yugurmoqdaman. Jang qachon bo'ladi? Bu borada aniq javobim yo'q. Balki shu yili, balki kelasi yil boshida. Lekin men albatta ringga chiqaman.
Yaqin ikki hafta ichida sparringlarni boshlayman. Ko'ramiz, ko'zim ko'karib qolganida o'zimni qanday his qilarkinman", - dedi 47 yoshli sobiq bokschi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar