16 fev 16:11
Yangiliklar
Tennis

Delrey-Bichdagi turnirda finalchilar aniqlandi
AQSHning Delrey-Bich shahrida o'tkazilayotgan ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi bosqichiga keldi.
Musobaqada finalchilar aniqlandi. ATP reytingida 60-pog'onada borayotgan ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokina 1/2 finalda dunyoning 38-raketkasi italiyalik Matteo Arnaldidan ustun keldi - 6/4, 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib Fokina g'alaba qozondi - 1:2. Bir yuz ikki daqiqa davom etgan bahsda Davidovich Fokina 1, Arnaldi 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bugun Davidovich Fokina bosh sovrin uchun reytingning 56-pog'onasidan joy olgan serbiyalik Miomir Kechmanovichga qarshi kortga chiqadi. Miomir sayyoramizning 37-raketkasi amerikalik Aleks Mikelsendan ustun kelgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar