10 mar 11:17
Yangiliklar

Denis Istomin katta tanaffusdan keyin yakkalik bahsida kortga chiqdi
Biz uchun ahamiyatlisi, unda mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Tajribali tennischimiz katta tanaffusdan keyin o'zini yana bir bor yakkalik bahslarida sinab ko'rdi.
Musobaqaning saralash bahslariga imtiyozli yo'llanmani qo'lga kiritgan hamyurtimiz ispaniyalik David Sanchisga qarshi kortga chiqdi. Ikki daqiqasi kam bir soat davom etgan uchrashuvda saralashning oltinchi raketkasi hisoblangan Sanchis 6/1, 6/1 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, ispaniyalik tennischi dunyoning 429-raketkasi bo'lib turibdi. Denis Istomin esa ATP reytingiga kiritilmagan. Hamyurtimiz so'nggi bor 2023 yilning 23 iyul kuni Qozog'istonning Astana shahridagi turnirning yakkalik bahslarida kortga chiqqandi.
Fikrlar