01 okt 16:08
Yangiliklar
Denis Istomin Qozog'istondagi turnir saralashida kortga chiqdi
Hamyurtimiz Denis Istomin saralashning yarim finalida serbiyalik Laslo Derega qarshi kortga chiqdi. Laslo saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, ayni paytda dunyo reytingida 72-o'rinni egallab turibdi. Denis Istomin esa 424-pog'onadan joy olgan.
Bir soatu 7 daqiqa davom etgan bahsda Dere 6/1, 6/4 hisobida g'alaba qozonib, saralashning finaliga yo'l oldi. Laslo uchrashuv davomida 8 ta eys zarbasini ijro etgan. Istominda bu ko'rsatkich nol ko'rinishida bo'ldi.
Malumot uchun, Astana turnirining mukofot jamg'armasi 2 million 54 ming 825 dollarni tashkil qiladi. Dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaras turnirda ham birinchi raqam ostida harakat qiladi. U asosiy to'rning ilk davrasida ATP reytingida 31-pog'onada borayotgan daniyalik Xolger Runega qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar