15 fev 20:21
Yangiliklar
Tennis

Denis Istominning ikkinchi davradagi raqibi malum bo'ldi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominning Rotterdam (Gollandiya) shahrida davom etayotgan nufuzli turnirning ikkinchi davradagi raqibi malum bo'ldi.
Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda Istominning nimchorak finaldagi raqibi malum bo'ldi. Dunyoning 12-raketkasi bolgariyalik Grigor Dimitrov germaniyalik Misha Zverevni 6:7(4:7), 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Demak, Istomin nimchorak finalda Dimitrovga qarshi kortga chiqadi. Denis yaqinda Melburnda o'tgan Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi davrasida aynan Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar