12 avg 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Deontey Uaylder 4 noyabr kuni ringga ko'tariladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBS yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder o'zining navbatdagi chempionlik himoya jangini katta ehtimol bilan 4 noyabr kuni o'tkazadi.
Amerikalik engilmas chempionning raqibi kubalik Luis Ortis bo'ladi. Bu haqda Uaylderning o'zi xabar berdi. Ayni paytda Deonteyning jamoasi WBC bilan muzokara olib boryapti. Uaylderning ushbu chempionlik kamariga majburiy davogar Bermen Stivern bo'lib turibdi.
Luis Ortis esa WBA chempionlik kamariga rasmiy
davogar hisoblanadi. Butunjahon boks associaciyasi (WBA) chempion Entoni Joshuadan
tezroq Ortisga qarshi himoya jangini o'tkazishni talab qilyapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar