19 may 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Brizilning dafn marosimi harajatlarini ko'taraman
Ayni daqiqalarda AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shahrida kutilgan boks oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WBC chempioni Deontey Uaylder hamda davogar Dominik Brizil to'qnash kelishadi. Jahon chempioni jang oldidan yana bir bor o'z fikrini bildirdi.
“Men Brizil bu boks kechasini uzoq vaqt eslab yurishini juda ham xohlayapman. U janggacha juda ko'p gapirib yubordi. Har safar uning gaplarini eslasam qonim qaynab ketyapti. Oila azolariga maslahatim u bilan ko'proq gaplashib olishsin. CHunki, jangdan keyin u ortiq gapirmasligi mumkin. Men Brizilning dafn marosimi harajatlarini o'z zimmamga olaman”, - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar