06 okt 08:05
Yangiliklar
Deontey Uaylder: “Bu safar Stivern bilan jang muddatidan oldin yakunlanadi”
Aslida Uaylder kubalik Luis Ortisga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin Ortis doping-tekshiruvdan o'ta olmaganligi uchun jang bekor qilingan, kubalikning o'zi nomalum muddatga boks faoliyatidan chetlatilgandi.
“Stivern anchadan beri mendan ushbu jangni so'rab kelayotgandi. Nihoyat, unga ushbu imkoniyatni taqdim etdik. Bermeyn bilan ilk jangimizda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandim. O'shanda uchinchi raundda qo'limni sindirib olgan edim.
Lekin jangni to'xtatmagandim. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi. Jang aniq 12 raund davom etmaydi. Men Stivernni muddatidan avval mag'lub etaman. Bu umuman boshqacha jang bo'ladi”, - dedi Deontey.
Malumot uchun, bokschilar ikkinchi bor to'qnash kelishadi. 2015 yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan jangda Uaylder ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan va WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar