16 may 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Bu yil Joshua bilan jang bo'lmaydi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder qolgan uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang haqida berilgan savolga javob qaytardi.
Amerikalik jahon chempioni 2019 yil hisobidan Joshuaga qarshi jang o'tkazilishiga kafolat bera olmasligini aytgan.
“Dekabr? Men buni kafolatlay olmayman. CHunki, men Joshua va uning jamoasiga ishonmayman. Oldin ham bu haqida bir necha marotaba aytishgan va keyinchalik fikrlaridan qaytishgan. SHunday ekan, men bu mavzuda hech narsa deya olmayman. Katta ehtimol bilan bu yil Joshua bilan jang o'tkazilmaydi”, - deya Uaylderning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The LA Times nashri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar