22 sen 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/19571_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Meni hech kim mag'lub eta olmaydi”
Professional boksnig superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder ushbu vaznda uni hech kim mag'lub eta olmasligini malum qildi.
Amerikalik bokschi 4 noyabr kuni AQSHda chempionlik kamarini Luis Ortisdan himoya qiladi. Kuni kecha Nyu-York shahrida ushbu jangga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
“Men o'z vazn toifasida eng kuchlisiman. Yani, birinchi raqamli bokschiman. Meni bu divizionda mag'lub etadigan raqibning o'zi yo'q. Hozir birinchi galda Ortisni mag'lub etaman. Uni birinchi raunddayoq nokautga uchratmoqchiman.
Keyin esa birlashtiruvchi chempionlik janglarida ringga chiqaman. Bu vaznda hech kim men kabi jismonan, ruhan va aqlan kuchli emas. Mendan hamma qo'rqadi. Men Nyu-Yorkda King-Kong bo'lmoqchiman”, - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar