07 noy 17:01
Yangiliklar

Deontey Uaylder o'zini kino hamda akvalanchi sifatida sinab ko'rmoqchi
SHuningdek, amerikalik jahon chempioni qo'lqoplarini mixga ilganidan so'ng qaysi soha bilan shug'ullanmoqchi ekanligini ham ochiqlab ketdi.
"To'g'risi, qachon faoliyatimni yakunlashni bilmayman. Taxminan olti yil yana boks tushaman. SHundan so'ng o'zimni kinoda sinab ko'rish istagidaman. Aktyorlikka qiziqishim yuqori. Men suratga olish maydonida bo'lishga ulgurganman. O'shanda sahnada rol ijro etishim o'xshagandi. Keyin akvalangchi bo'lib, okean haqidagi bilimlarimni ham oshirmoqchiman", - deya Uaylderning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Fight Hub.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder navbatdagi jangini 23 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida kubalik Luis Ortisga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar