18 apr 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Vaqti kelganda mag'lubiyatim sababini aytaman
Amerikalik sobiq jahon chempioni sirli va biroz kutilmagan bayonot bilan chiqdi.
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder britaniyalik Tayson Fyuridan qabul qilib olgan mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Ha, men revansh jangida Fyuriga imkoniyatni boy berdim. Lekin bu amalda hech narsani anglatmaydi. Vaqti kelganda men bu mag'lubiyat sabablarini aytib beraman. Taysonning o'zi ham jang kuni men o'zimda bo'lmaganimni juda yaxshi biladi. Intizorlik bilan uchinchi jangni kutyapman. Xeviveytning haqiqiy qiroli menman!", - deya Uaylderning so'zlarini keltirmoqda Boxing News 24.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar