So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

29 sen 13:36
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

"Devis kubogi". Britaniya - O'zbekiston o'yinidagi mag'lubiyat uchun Lebed aybdormi? (Mulohaza)

14-16 sentyabr kunlari tennis bo'yicha "Devis kubogi" pley-off bahslari doirasida Buyuk Britaniya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi bellashuv SHotlandiyaning Glazgo shahridagi "Emirates arena" kortlarida bo'lib o'tdi.

Albatta, bizni kuchli terma jamoaga qarshi bahs kutib turardi. Oldindan ich-ichimdan 2:3 hisobidagi mag'lubiyat ham biz uchun yaxshi natija bo'ladi degan o'ylar xam yo'q emasdi hayolimda.

Musobaqaning birinchi kuni mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin va mezbonlarning ikkinchi raketkasi Dani Evanslar kortga chiqishdi. Dani Evans hozir reytingda 218-o'rinda borayotgan bo'lsada, bir paytlar TOP100 ning doimiy azosi edi. Vaqtida ATP reytingida 41-o'ringacha ko'tarilgan. Jarohatlardan endigina qutulib olgan va asta-sekin jismoniy holatini yaxshilab borayotgan raqib Denis Istominni 5 setda 7-6(4), 4-6, 0-6, 6-4, 7-5 hisobida murosasiz bahsda mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi uchrashuvda raqiblarning birinchi raqamli tennischisi Kemeron Norri bizning yosh tennischimiz Jo'rabek Karimovga qarshi kortga chiqdi. Jo'rabek Karimov raqibini 5 set davom etgan trillerda 0/6, 5/7, 7/6(6), 6/2, 6/2 xisobida enga oldi. Birinchi kungi 1:1 hisobi Istominning mag'lubiyatini umuman bildirmadi.



Ikkinchi kun tennischilar juftlik bahslarida kortga chiqishdi. Ochig'ini tan olish lozim, juftlikda bizda xech qanday imkoniyat yo'q ekanligini oldindan bilgandim. Raqiblarda ATPning juftlik reytingida doimiy TOP100 azosi Jeymi Marrey va hozirda juftlikda 23-o'rinda borayotgan Dominik Inglotlar borligi so'zlarimning yaqqol isboti edi. SHunday bo'lsada, terma jamoa sardori Petr Lebed uchrashuvni Istomin/Fayziev juftligiga ishonib topshirdi. Uchrashuv 4 setda 4/6, 7/6(8), 6/2, 6/3 xisobida raqiblar foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi kundan keyin 2:1 ko'rinishida raqiblar oldinga o'tib olishdi. Yutqazayotgan terma jamoamizdan ko'nglim to'q edi. CHunki musobaqaning hal qiluvchi uchinchi kuni rejaga ko'ra Denis Istomin birinchi bo'lib Kemeron Norriga qarshi, ulardan so'ng Jo'rabek Karimov raqiblarning ikkinchi raqamli tennischisi Dani Evansga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Denis birinchi bahsda Norrini enga olsa, ana undan keyin xal qiluvchi beshinchi uchrashuvda Jo'rabek Karimov yana bir bor o'zini ko'rsata oladi degan umid bor edi...



Ertalabdan boshqa ishlarimni yig'ishtirib, kompyuter oldida(internetda) kunni o'tkazdim. Soat 16:00 bo'lishini sabrsizlik bilan kutardim. Axir terma jamoa pley-offda xar kuni ham o'ynayvermaydi. Uning ustiga "Sport" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda. Hullas, hammasi yaxshi edi.

Mana shu erda katta sahnaga terma jamoa sardori Petr Lebed ko'tarildi. Uchrashuvlar boshlanishiga bir soatdan kam vaqt qolganida Norriga qarshi bahsga Istomin emas, balki Sanjar Fayziev chiqishi elon qilindi. Buni eshitib karaxt ahvolga tushgandim. Ichimda Istominni eski jarohatlari bezovta qilgandir degan xayollar o'tdi. Mayli, endi Jo'rabek yutgan raqibni Sanjar xam yutsa bo'ladi deb tinchlantirdim o'zimni. CHunki, Jo'rabek va Sanjar o'zaro o'ynagan vaziyatlarda shiddatli bahs kechardi. Afsuski, o'sha kuni Sanjar o'zini yo'qotib qo'ydi. "Emirates" arenasi uni butunlay yutib yubordi. Hamyurtimiz hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi. Hisob xam shunga yarasha 6/2, 6/2, 6/0 ko'rinishini oldi. Beshinchi uchrashuvga hojat ham qolmadi...



SHahsiy xulosa: Bu erda 100% ayb terma jamoa sardori Petr Lebedda. Tushuntirib beraman!

Ikkinchi kungi juftlik bahslariga Istominni tushirib xato qildi. CHunki, raqib tarkibida ikki kuchli juftlik bahslari ustalari mavjud. Mag'lubiyatga uchrashimiz deyarli aniq edi. Denisning o'rnini bemalol Farrux Do'stov yoki Humoyun Sultonovlar egallashi mumkin edi. Mo'jiza ro'y beraman desa Petr Lebedni o'zi tushib o'ynasa xam ro'y beraveradi. SHunda Istomin uchinchi kungi yakkalik uchrashuviga charchoqsiz tayyor holatda etib borardi.

Bundan tashqari, Sanjar Fayziev o'yinga ruhan tayyor emasdi. Buni o'yinda ham ilg'ash qiyin emasdi. CHunki, Sanjarning o'zi oldindan faqat juftlik uchrashuviga tayyorgarlik ko'rgan. Yakkalik va juftlik uchrashuvlarini taqqoslasangiz uning o'yinida osmon bilan erchalik farq bor. Hayajon baribir o'z so'zini aytdi. Uchrashuvning ertasiga Sanjar ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zining passiv o'yini uchun O'zbekiston ahlidan uzr so'radi.




Endi Denis Istominning jarohat yoki charchoq alomatlariga keladigan bo'lsak. Jarohat olgan yoki charchagan tennischi kortda o'yinni tomosha qilib o'tirmaydi. Istomin Fayzievning o'yinini yaxshi kayfiyatda arenada kuzatib o'tirdi. Uchrashuv yakunlangandan so'ng Glazgodan to'g'ri Rossiyaning Sankt-Peterburg (masofa 2064 km) shahriga ATP musobaqasida ishtirok etish uchun yo'l oldi. Oradan to'liq ikki kun ham o'tmasdan juftlikda qatnashib g'alabaga erishdi. Istomin jarohat olmagan. CHarchagan tennischi ham bunday qisqa vaqt ichida 2064 km masofani bosib o'tib, boshqa bir davlatdagi musobaqada ishtirok etishi xam aqlga sig'maydi. Menimcha bu erda murabbiy qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

Petr Lebed! Agar ushbu maqolani o'qiyotgan bo'lsangiz, mana shu vaziyatga, qilgan xatolaringiz uchun izoh berib o'tishingizni talab qilaman. Bunday qo'pol xatolar kechirilmasligi kerak. Kechirilsa raqobat, motivaciya bo'lmaydi, raqobat yo'q joyda o'sish bo'lmaydi. Biz tennisimizni yuksaklarga o'sishini istaymiz!

Husniddin Mirzaliev


Reyting: +3   

Fikrlar

   
20 okt 16:11:16
Husniddin Mirzaliyev
Уткир Юлдашев foydalanuvchining fikriga javob berish
Хурматли муаллиф Истомин жарохати сабаб уйнолмаганини хамма билади хоп уша санкт Петербургдаги мусобакада жуфтлик мусобакасида уйнади лекин яккалик бахсида 2- сеттда ютиб турган жойида уйинни тухтатди бунга нима дисиз? Истомин юкори даражадаги профессионал у буни бир неча бор исботлаб булган. Пётр Лебедь айбдормас у инсон сиз ва мендан кура купрок хохлайди жахон лигасига чикишни.
Майли Истоминни жарохати бўлса нимага ютқазиши аниқ бўлиб турган жойда жуфтликда қатнашди. Ўзини кейинги яккаликка асраш ўрнига.
   
01 okt 13:23:06
Уткир Юлдашев
1,2 феврал кунлари Тошкентда Сербия терма жамоаси билан учрашамиз ана уша уйинлага келинг ва гувох булинг уйинчиларимиззи юкори профессионаллигига терма жамоамиз сардорини мехнат килиш жараёнини куринг телевизордан куриб фикр билдириш ва жонли куриб кейин фикр билдириш яхширок сиззи фиклариззи хурмат киган холда айтаман сиз терма жамоани ва уни сардорини уйинчларини якиндан билмай туриб бундай кескин хулоса чикарманг мен терма жамоамиззи девис кубогидаги уйинларини жонли курганман ва мен уларни юкори профессионал еканлигига умуман шубха кимиман. Пётр Лебедь уз ишини чин юракдан бажарадиган инсон .
   
01 okt 13:09:18
Уткир Юлдашев
Хурматли муаллиф Истомин жарохати сабаб уйнолмаганини хамма билади хоп уша санкт Петербургдаги мусобакада жуфтлик мусобакасида уйнади лекин яккалик бахсида 2- сеттда ютиб турган жойида уйинни тухтатди бунга нима дисиз? Истомин юкори даражадаги профессионал у буни бир неча бор исботлаб булган. Пётр Лебедь айбдормас у инсон сиз ва мендан кура купрок хохлайди жахон лигасига чикишни.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing