03 noy 15:04
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli Mboko Gonkongdagi turnirda chempion bo'ldi
Dunyoning 21-raketkasi bo'lib turgan kanadalik iqtidorli tennischi Gonkong WTA 250 turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Viktoriya Mboko hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 68-pog'onada borgan ispaniyalik Kristin Bukshani uch set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/7(9), 6/2. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan final bahsida Mboko 9, Buksha 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Viktoriya faoliyatidagi ikkinchi titulini qo'lga kiritdi. Mboko ikkala sovriniga aynan 2025 yilgi mavsumda ega chiqqan. U 250 reyting ochkosi hamda 36 300 dollar mukofot puliga ega bo'ldi. U yangilangan reytingda Top-20`talikda debyut qildi. Buksha esa 163 ochko hamda 21 484 dollarlik bo'ldi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar