03 noy 15:46
Yangiliklar
Frensis Ngannu Jeyk Polning ehtimoliy raqiblari qatorida
Avvalroq, amerikalik Rayan Garsiya ushbu jang uchun zaxira varianti sifatida ilgari surilgandi. Endi esa MMA yulduzi, sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu ham Jeyk Polning raqibi sifatida etirof etilmoqda.
Taniqli sharhlovchi Mayk Koppingerning malum qilishicha, Garsiyadan tashqari boks bo'yicha ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Terens Krouford, shuningdek, MMA yulduzlari Frensis Ngannu va Neyt Dias nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.
"Jeyk Polning qaytishi dekabrga ko'chirilishi mumkin, chunki Netflix’da 14 noyabrga rejalashtirilgan ko'rgazma jangi Jervonta Devisga qarshi so'nggi ayblovlar tufayli xavf ostida qoldi. Manbalarning malum qilishicha, ehtimoliy sanalar 12 va 19 dekabr. Garsiya va Terens Krouford allaqachon muzokaralarga taklif qilingan. Yana ikki nomzod ko'rib chiqilmoqda: Frensis Ngannu va Neyt Dias", - deb yozdi muxbir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malum bo'lishicha, Jervonta "Tank" Devis strip-klublardan birida bar oficiantkasini o'g'irlab ketib, kaltaklaganlikda ayblanmoqda. Aynan shu ayblov ortidan u Mayamida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan boks oqshomida ishtirok eta olmaydi.

Fikrlar