06 okt 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA
50 yoshli Fyodor Emelyanenko Frensis Ngannu bilan jang qilishni orzu qilishini aytdi
MMA afsonasi, 50 yoshli rossiyalik Fyodor Emelyanenko UFC sobiq chempioni, kamerunlik Frensis Ngannu bilan boks qoidalari bo'yicha jang qilishni orzu qilishini bildirdi.
"Kim bilan jang qilgim keladi? Men qon-qonimgacha jangchiman, shuning uchun jang qilishni istayman. Organizmimda allaqachon turli og'riqlar va jarohatlar bor, lekin hali ham o'zimni yaxshi his qilyapman. Agar hammasi yaxshi bo'lsa va Xudo nasib qilsa, Rossiyada jangovor sambo bo'yicha chempionatda qatnashishni xohlardim. Lekin oldindan bir narsa deyish qiyin.
SHu bilan birga, yana ikki-uchta boks jangi o'tkazishni istayman. Bu men uchun qiziq. Ayniqsa, Frensis Ngannu bilan boks jangini o'tkazishni xohlardim. Bu mening orzum. U men uchun juda qiziq raqib", — dedi Emelyanenko TASS agentligiga.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar