So’nggi yangiliklar

20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0 17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0 09:48Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионати якунланди 0 09:03Хайме Мунгия барибир Никита Зон билан жанг қиладиган бўлди 0 19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0

12 sen 10:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt: "Ngannu qora ro'yxatimda"

UFC rahbari Dana Uayt Frensis Ngannu bilan Jon Jons o'rtasidagi jangni tashkil etish uchun u bilan hamkorlikni qayta tiklash ehtimolini butunlay rad etdi.

"Ngannu mening Oskar De La Xoyya nomidagi qora ro'yxatimda. Frensis Ngannuning u ishlagan boshqa kompaniyalar bilan bo'lgan tarixiga qarang. U yomon odam. Haqiqatan ham yomon odam. Men esa hayotimning shunday bosqichidaman-ki, shunchaki yomon odamlar bilan ish qilishni istamayman. Nima demoqchi ekanligimni tushunyapsizmi? SHunchaki istamayman", — dedi Uayt "Nightcap"ga bergan intervyusida, Jons va Nngannu o'rtasidagi potencial jang haqidagi savolga javob berar ekan.

Malumot uchun, Frensis Ngannu 2022 yil yanvar oyida Siril Ganni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng, tashkilotning amaldagi chempioni maqomida UFC`ni tark etgan edi. U tashkilotning hamkorlikni uzaytirish bo'yicha bir nechta takliflarini rad etib, o'z qarorini shartnomaning bir tomonlama shartlari bilan izohlagan.

O'shandan beri "Yirtqich" (The Predator) ikkita yirik boks jangini o'tkazdi: Tayson Fyuriga qarshi ochkolar hisobiga va Entoni Joshuaga qarshi nokaut bilan mag'lub bo'ldi. SHuningdek, u MMA qoidalari bo'yicha ikkita jang o'tkazib, PFL va MVP ligalarida nokaut evaziga g'alaba qozondi.

SHu bilan birga, kamerunlik jangchining nomi tilga olingan har safar UFC rahbari uni tanqid qilishdan o'zini tiya olmaydi. Xususan, Uayt Ngannu UFC ofisiga kelib, tashkilot xodimlarini qo'rqitganini, bir safar esa hatto liga prezidenti bilan jismoniy to'qnashuvgacha borganini davo qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing