13 sen 14:17
Yangiliklar
Frensis Ngannu Dana Uaytga mag'lubiyatni tan olishni taklif qildi
Uayt kamerunlik og'ir vaznli jangchini "yomon inson" deb atagan va "Yirtqich"ning tashkilotga qaytish imkoniyatini butunlay inkor etgandi.
"Bu gaplarni men uch yildan ortiq vaqt davomida qutulishga uringan, advokatlar xizmati uchun katta mablag' sarflagan va ketish rejasini ishlab chiqqan odam aytmoqda. U esa men erkinlikka erishmasligim uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Endi sen bu mag'lubiyatni tan olishga majbursan. Buni endi o'zgartirib bo'lmaydi", — deb yozdi kamerunlik jangchi ijtimoiy tarmoqlarida UFC rahbariga murojaat qilib.
2023 yilda Frensis Ngannu dunyoning eng kuchli ligasini og'ir vazn toifasi chempioni maqomida tark etgan edi. Bu uning shartnoma muddati tugagani va tashkilot bilan yangi kelishuvga erisha olmagani sababli yuz bergandi.
Ngannu o'zining so'nggi jangini joriy yilning may oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tgan MVP MMA turnirida o'tkazgan va birinchi raunddayoq braziliyalik Filipe Linsni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar